Sud DV-2027 ro‘yxatini 1-noyabrgacha ochishni buyurdi
Kaliforniya janubiy okrugi federal sudi DV-2027 lotereyasi bo‘yicha qaror chiqardi. Unga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tish sanalari 29-oktabrgacha e’lon qilinishi, arizalar qabuli 1-noyabrdan kechiktirmay boshlanishi kerak.
Ro‘yxat kamida 30 kun ochiq turadi. Tanlanganlar esa 3-dekabrgacha xabardor qilinishi lozim. Bu odatdagi jadvaldan ancha qisqa: ilgari natijalar may oyida e’lon qilinardi.
Aniq sanalar rasmiy e’lon qilinishi bilan shu sahifada yangilanadi.
Источник: Zamin.uz