Asosiy mazmunga o‘tish
DV-2027 ro‘yxati 1-noyabrgacha ochiladi

Green Card uchun rasm talablari: 600×600, oq fon, 6 oy

DV-2027 anketasi uchun rasm qanday bo‘lishi kerak: o‘lcham, fon, ko‘zoynak, bosh kiyim va eng ko‘p uchraydigan xatolar.

Qo‘llanmalar

Rasm — anketa chiqarib tashlanishining eng ko‘p sababi. Davlat departamenti rasmlarni avtomatik va qo‘lda tekshiradi, talabga mos kelmagan rasm yutganda ham vizani rad ettiradi.

Texnik talablar

  • O‘lcham: 600 × 600 piksel (kvadrat);
  • Format: JPEG, hajmi 240 KB dan oshmasin;
  • Rang: rangli, 24-bit;
  • Muddat: oxirgi 6 oy ichida tushirilgan;
  • Har bir kishi uchun alohida rasm — oilaviy rasmdan qirqib olinmaydi.

Yuz va fon

  • Fon oq yoki och, bir xil rangda, soyasiz;
  • yuz to‘g‘riga qaragan, ko‘zlar ochiq, ifoda neytral (kulmasdan);
  • bosh rasmning taxminan yarmini egallaydi, iyakdan sochgacha to‘liq ko‘rinadi;
  • ko‘zoynak taqilmaydi (hatto oddiy ko‘zoynak ham);
  • bosh kiyim faqat kundalik diniy kiyim bo‘lsa va yuz to‘liq ko‘rinsa ruxsat etiladi;
  • filtr, retush, “go‘zallik” rejimi ishlatilmaydi.

Eng ko‘p uchraydigan xatolar

  • Telefonning old kamerasi bilan yaqindan olingan rasm — yuz cho‘zilib ketadi;
  • bir tomondan tushgan yorug‘lik va yuzdagi soya;
  • pasport yoki eski hujjatdan skanerlangan rasm;
  • bolaning rasmi ota-onasi qo‘lida yoki boshqa odam bilan.

Telefonda qanday tushirish kerak

Oq devor oldida, deraza tomonga qarab turing. Boshqa odam asosiy kamerada, taxminan 1,5 metr masofadan, ko‘z balandligida tushirsin. Saytimizga yuklagan rasmingiz avtomatik 600×600 o‘lchamga keltiriladi va fon, yorug‘lik, aniqlik bo‘yicha darhol tekshiriladi; operator esa uni qo‘lda yana bir bor ko‘rib chiqadi.

Boshqa qo‘llanmalar

Anketa to‘ldirish · 159 000 so‘mdan