Sud hukumatning lotereyani to‘xtatish so‘rovini rad etdi
Davo qo‘zg‘atgan Red Eagle Law yuridik firmasining 20-oktabrdagi xabariga ko‘ra, San-Diyegodagi federal sud hukumatning qarorni vaqtincha to‘xtatish haqidagi iltimosini rad etdi.
Demak, sud belgilagan jadval amalda qolmoqda: 29-oktabrgacha rasmiy e’lon, 1-noyabrgacha ro‘yxatning ochilishi va 3-dekabrgacha tanlanganlarni xabardor qilish.
Hukumat endi to‘xtatish so‘rovi bilan yuqori sud — To‘qqizinchi okrug apellyatsiya sudiga murojaat qilishi kutilmoqda. Yuqori sud qarori jadvalni o‘zgartirishi mumkin, shuning uchun anketangizni oldindan tayyorlab qo‘yish ma’qul.
Manba: Law Office of Bruce Bolt (Red Eagle Law xabari asosida)