Green Card natijasi faqat bitta joyda — dvprogram.state.gov saytidagi Entrant Status Check bo‘limida tekshiriladi. AQSh hukumati g‘oliblarga xat, e-mail yoki SMS yubormaydi.
Nima kerak
- tasdiqlash kodi (Confirmation Number);
- familiya — anketadagidek;
- tug‘ilgan yil.
Qachon
Sud belgilagan jadvalga ko‘ra tanlanganlar 3-dekabrgacha xabardor qilinishi kerak. Aniq sana rasmiy e’lon qilinishi bilan yangilaymiz. Natija chiqqanda GreenCard2027 mijozlarining natijasini o‘zimiz tekshirib, kabinet va Telegram orqali xabar beramiz.
Agar tanlangan bo‘lsangiz
Sahifada “Selected” degan xat va case number (masalan, 2027EU…) chiqadi. Bu hali viza emas — keyin DS-260 formasi, hujjatlar, tibbiy ko‘rik va elchixonadagi suhbat bor.
Agar tanlanmagan bo‘lsangiz
“Has not been selected” degan yozuv chiqadi. Keyingi lotereyada yana qatnashish mumkin.
Soxta xabarlardan ehtiyot bo‘ling
- “Siz yutdingiz, vizani olish uchun to‘lang” degan e-mail yoki Telegram xabar — firibgarlik;
- rasmiy saytlar faqat .gov bilan tugaydi;
- kodingizni hech kimga bermang va notanish saytlarga kiritmang.