Tanlanish — yarim yo‘l. DV-2027 bo‘yicha vizalar 2027-yil 30-sentabrgacha berilishi kerak, bu safar vaqt odatdagidan ancha kam. Shuning uchun natija chiqqan kundanoq harakat boshlash kerak.
1. DS-260 formasi
Onlayn immigratsion viza arizasi — asosiy ishtirokchi va viza oladigan har bir oila a’zosi uchun alohida to‘ldiriladi. Unda ish joylari, manzillar, sayohatlar va oila haqida batafsil ma’lumot so‘raladi. Bu yerdagi ma’lumotlar lotereya anketasiga mos kelishi kerak.
2. Hujjatlar
- tug‘ilganlik guvohnomasi, nikoh guvohnomasi (bo‘lsa), farzandlarning hujjatlari;
- ma’lumot hujjati (attestat, diplom) yoki ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar;
- sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma;
- pasport va rasmlar;
- hujjatlarning ingliz tiliga tarjimasi.
3. Yig‘im
Viza arizasi yig‘imi har bir kishi uchun $330. U faqat suhbatga chaqirilganda to‘lanadi.
4. Tibbiy ko‘rik va suhbat
Case number navbati kelganda elchixona suhbat sanasini belgilaydi. Suhbatdan oldin elchixona tasdiqlagan klinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tiladi va kerakli emlashlar qilinadi. Suhbatda konsul ma’lumot darajangiz, oilangiz va hujjatlaringizni tekshiradi.
Muhim
AQSh viza siyosati 2025–2026-yillarda bir necha bor o‘zgardi: masalan, DV vizalarini berish vaqtincha to‘xtatilib, 2026-yil avgustida qayta tiklangan. Yutganingizda joriy qoidalarni albatta tekshiring.
GreenCard2027 g‘oliblarga DS-260 ni to‘ldirish, hujjatlar tarjimasi va suhbatga tayyorgarlikda yordam beradi.